Qo‘ng‘irot MGQB Xojeyli sanoat maydonchasida o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Uztransgaz
10.05.2024

Fuqaro muhofazasi boshligining buyrug‘i doirasida o‘tgan tadbir davomida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining yig‘ini va saf ko‘rigi, GTSda odorantdan zaharlangan operatorni qutqarish, zilzila natijasida xodimlarni evakuatsiya qilish, zilzila natijasida magistral gaz quvuri yorilishi tufayli sodir bo‘lgan avariyani bartaraf qilish harakatlari amalda sinab ko‘rildi.

Mashg‘ulotlardan so‘ng ishchi xodimlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushunchalar berildi.

