Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan olovli ishlar bajarilyapti
Uztransgaz
17.01.2024

"O‘rta Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurining 4-tarmog‘i 290-kilometridagi porshen yuborish va qabul qilish kameralari universal holatga keltirilmoqda. Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan shartli diametri 325 mm bo‘lgan drenaj tarmog‘ini montaj qilish bo‘yicha olovli ishlar bajarilyapti. Tadbir natijasida quvur ichki yuzasini tozalash imkoni kengayadi.

