“Qoraqalpog‘iston” MGQB siquv kompressor stansiyasidagi texnologik kommunikatsiyalar gidro sinovdan o‘tkazildi
Uztransgaz
29.06.2022
"Urganchtransgaz" UKning “Qoraqalpog‘iston” MGQBga qarashli mazkur KS 2006-yil ishga tushirilgan. U orqali "Shaxpaxta" gaz konidan keluvchi gaz magistral quvurlar orqali haydab beriladi. KS texnologik kommunikatsiyasining mustahkamligini tekshirish, shuningdek yuz berishi mumkin bo‘lgan gaz sizib chiqish holatlarining oldini olish maqsadida suv bilan sinovdan o‘tkazildi. Sinov ishlari "Urganchtransgaz" UK kompressor stansiyalaridan foydalanish bo‘limi masʼullari, tajribali mutaxassislar va o‘nlab texnikalar safarbar qilingan holda amalga oshirilib, muvaffaqiyatli yakunlandi.

SKS kommunikatsiyalari murakkabligi uchun gidro sinov ishlari 4 bosqichda o‘tkazildi va turli bosimlarda o'tkazuvchanligi tekshirib ko‘rildi. Kecha-kunduz rejimida ish tashkil etilgan holda murakkab ishlar tugallandi va SKS ishga tushirildi.