jins

Uztransgaz

09.08.2024

"O‘ztransgaz" AJ boshqaruv raisi maslahatchisi tomonidan Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmasida ommaviy qabul tashkil etildi. Unda tashkilotda faoliyat yuritadigan ayollar bilan konstruktiv suhbat tashkil etildi.

Suhbat jarayonida xotin-qizlarning ish joyidagi muammolari, ularning ijtimoiy himoyasi va faoliyatni yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Ayollar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarni ochiq aytish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va tashkilotdagi ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq takliflarni bildirishdi.

Bu kabi tadbirlar tashkilotning ijtimoiy muhiti va ish samaradorligini oshirish, shuningdek, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Возврат к списку