Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul o‘tkazildi
Uztransgaz
03.11.2022
“O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisining ishonchli vakili Sh. Boboyev “Urganchtransgaz” UK Qo‘ng‘irot MGQB Xo‘jayli sanoat maydonchasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda korxona va sanoat maydonchasidagi masʼul xodimlar ishtirok etdi. Qabulda 3 fuqaro murojaat qildi.

Xo‘jayli SM avtomobil va transport xo‘jaligi xizmati AGTSH operatori E.Najikov Jamiyat tavsiyanomasi asosida Toshkent Davlat Texnika Universitetiga o‘qishga qabul qilinganini bildirdi hamda shartnoma mablag‘ini o‘z oylik maoshi hisobidan ushlab qolish sharti bilan o‘tkazib berilishiga amaliy yordam so‘radi. Boboyev “Urganchtransgaz” UK rahbariyatiga jamoa shartnomasi asosida to‘lov kontrakt pulini o‘tkazishni tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Xo‘jayli SM avtotransport chilangari T. Allaniyazov va bir qator xodimlar lavozim razryadlarini oshirilishini so‘rashdi. Bu masala yuzasidan lavozim razryadini ko‘tarishga asos bo‘ladigan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, “O‘ztransgaz” AJga murojaat qilish zarurligi uqdirildi.

Оperator-telefonist E. Smetullayeva murojaatida sog‘lig‘i yaxshi emasligi, kam taʼminlangan oilaning yagona boquvchisi ekanligi, bemor akasini davolatish va uning dafn marosimlari uchun bankdan kredit olganligini aytib, o‘g‘lini ishga joylashtirishda amaliy yordam so‘radi. Ishonchli vakil Xo‘jayli SM boshlig‘iga bo‘sh ish o‘rni bo‘lgan taqdirda E. Smetullayevaning oilaviy sharoitini inobatga olgan holda uning o‘g‘lini ishga qabul qilishda amaliy yordam berish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qayd etish kerak, “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining buyrug‘i Jamiyat Boshqaruv aʼzolarining ommaviy va sayyor qabullarini samarali tashkil etishga qaratilgan. Buyruqqa muvofiq, endilikda, Boshqaruv aʼzolari ommaviy va sayyor qabullarda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmasa, "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv aʼzolarining ishonchli vakili ishtirok etadi. Shu munosabat bilan, Jamiyatning Personalni boshqarish departamenti boshlig‘i Sh. Boboyevga jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va murojaatlarini ko‘rib chiqishda Boshqaruv aʼzolarining ishonchli vakili vakolati berildi.