Qoraqalpog‘istondagi gaz quvurining 236 km qismida ichki diagnostika tadbiri o‘tkazildi
Uztransgaz
24.12.2024
“Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi Akchalok, Tuley va Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan "Markaziy Osiyo-Markaz" magistral gaz quvurining 4-tarmog‘i 236 km qismida quvur ichki diagnostikasi ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Diagnostika natijasida magistral gaz quvurlaridagi nuqsonli joylar aniqlanadi. Ularni almashtirish hisobiga tarmoqning ishonchliligi ortib, tabiiy gazni yetkazib berishda samaradorlik va barqarorlikka erishiladi.