Qurama tog‘ tizmasi - Qamchiq dovonidan fotoreportaj
Uztransgaz
12.12.2023

“Ohangaron-Pungon” magistral gaz quvuri 158 km masofaga cho‘zilgan (diametri 1220 mm) quvur bo‘lib, Farg‘ona vodiysi viloyatlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi. Quvurning 80-kilometrida tog‘ hududida tabiiy gazni tozalovchi agregatlarlar hamda gazni isitish pechlari majmuasi mavjud. Bu yerda ham navbatchilik asosida tunu-kun faoliyat yo‘lga qo‘yilgan.

Qariyb yarim metr qor tushgan punktda shu kunlarda navbatchi xodimlar uchun yanada ish ko‘payadi. Fotosuratlarda Farg‘ona MGQB ishchi xodimlari kundalik vazifalarini bajarmoqda.




