jins

Uztransgaz

27.05.2024


Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘ztransgaz" AJ hovlisidagi daraxt kesilganiga oid ma'lumot tarqaldi. Gap shundaki, AJ hovlisida 3 tup chinor bor edi. Uzoq yillik bu daraxtlar tabiiy omillar sababli kuchli zararlangan, kasallangan va insonlar xayotiga xavf solayotgan edi. Qurigan daraxtni olib tashlash va boshqasini butalash uchun Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tegishli xulosasi olindi. Shu asosda qurigan daraxt kesib tashlandi. Uning o‘rniga "O‘ztransgaz" AJ tomonidan qimmatliligi kesilgan daraxtdan kam bo‘lmagan kamida 10 tup  yirik o‘lchamdagi ko‘chat ekilishi  ko‘zda tutilgan.  

Maʼlumot o‘rnida: "O‘ztransgaz" AJ va uning tizim korxonalari atrof-muhit muhofazasi va ekologiyani yaxshilashga qaratilgan loyihada faol ishtirok etib keladi. Xususan, "Yashil makon" doirasida 2023-yilda 131 600 tup, 2024-yil bahorida esa 58 360 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ayni paytda bu ko‘chatlar masʼul xodimlar tomonidan nazorat qilinib, tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan foydalangan holda parvarishlanmoqda.

Возврат к списку