Qurilish-montaj ishlari bo‘yicha oylik hisobot
Uztransgaz
01.05.2023
Yangiyer-Ohangaron» magistral gaz quvuri qurilishi obyektida asosiy pudratchi tashkilot – «Nadimstroygazdobicha» MCHJ va subpudratchi Enter Engineering Ltd. tomonidan qurilish-montaj ishlari davom ettirilyapti.

"2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi"ga kiruvchi ushbu obyektda aprel oyi davomida 8 000 pm qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 542 bo‘g‘inning korroziyaga qarshi manjet bilan izolyatsiya qilish ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, Aerogeodeziya masʼullari va fermerlar ishtirokida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi yer ajratilishi bilan bog‘liq masalalar hal qilindi va tumanidagi yerlar bo‘yicha shartnomalar tuzildi.