jins

Uztransgaz

03.09.2020

     Zirabuloq Magistral gaz quvurlari boshqarmasida bugungi kunda 550 nafardan ortiq ishchi-xodim mehnat qiladi. Boshqarma tomonidan 18 ta kompressor stansiyasi, 1500 kmdan ortiq magistral gaz quvurlariga va 26 ta gaz taqsimlash stansiyasiga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bugungi kunda ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va tizimning betalafot ishlashini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jamoada ishlab chiqarish fidoyilari va mehnatda namuna ko‘rsatayotgan xodimlar ham ko‘p. Ularni rag‘batlantirishga e’tibor qaratib kelinayotgani esa xayrli amallardan sanaladi.

     Neft-gaz sanoati xodimlari kuni arafasida ish vaqti boshlanishidan oldin boshqarma hovlisida mehnat jamoasi jam bo‘lishdi. Tadbirda ishlab chiqarish ilg‘orlaridan 20 nafarga yaqini qimmatbaho sovg‘a va esdalik statuetkalari bilan taqdirlandilar. 2020 yilning 6 oyi natijalariga ko‘ra yaxshi natijalarga erishgan xodimlar mehnatining rahbariyat tomonidan bunday e’tirof etilishi ishchi-xodimlarda havas uyg‘otsa, mukofotlanganlarga mas’uliyat va o‘z yo‘nalishida muvaffaqiyat sari intilish xislarini yanada kuchaytiradi. 

07.09.jpg

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку