RASMIY AXBOROT: Sharqiy-1 Gaz taqsimlash stansiyasida gaz sizib chiqishi yuzasidan
Uztransgaz
05.10.2022
4-oktabr kuni Sharqiy-1 Gaz taqsimlash stansiyasiga kirish quvurida tabiiy gaz sizib chiqish holati sodir bo‘lgan. Soat 13:00 da aniqlangan favqulodda holat tufayli stansiya faoliyatini vaqtincha to‘xtatish zarurati paydo bo‘ldi. Toshkent MGQB mas'ullari "O‘ztransgaz" AJ Markaziy dispetcherlik departamenti bilan kelishgan holda Sharqiy-1 stansiyasi orqali tabiiy gaz bilan taʼminlanadigan isteʼmolchilarga telefonogramma yuborildi hamda 15 soatga stansiyani tarmoqdan ajratish chorasi ko‘rildi.
Toshkent MGQBning rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh voqea joyida bo‘lib turibdi. 5-oktabr soat 08:10 dan boshlangan taʼmirlash ishlari davom etmoqda.
Taʼmir ishlari 5-oktabr soat 23:00 gacha yakunlanishi kutilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlanishi bilan stansiya tabiiy gaz tarmog‘iga ulanadi. Kelib chiqqan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz!
“O‘ztransgaz” AJ Axborot xizmati