Rasmiy munosabat
Uztransgaz
05.05.2023
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘ztransgaz" AJ faoliyatining I chorak yakunlariga oid ko‘rsatkichlari haqida maqolalar eʼlon qilindi. Aslida vaziyat qanday?
Muhtaram Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘ztransgaz” AJdagi iqtisodiy-moliyaviy holatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha qabul qilgan bir qancha qarorlari hamda Moliya va Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislari bilan birgalikda olib borilgan ishlari natijasida "O‘ztransgaz” AJ joriy yilning I choragini 1,87 trln so‘m foyda bilan yakunladi (https://openinfo.uz/ru/reports/20278/).
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-280-son qaroriga asosan "O‘ztransgaz" AJ tabiiy gazni tashish, saqlash va tranzit qilishga ixtisoslashgan yagona magistral gaz uzatish tizimi operatori etib belgilandi. Bu qarorni jamiyatning iqtisodiy-moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam sifatida e'tirof etish mumkin.
Jamiyatning 2023-yil I-choragidagi moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat.
"O‘ztransgaz" AJning 2023-yil I choragidagi umumiy daromadi 4,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Daromad 2022-yilning shu davriga nisbatan 1 trln. so‘mga kamaygan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-mart oylarida kompaniyaning xarajatlari qariyb 5,1 trln so‘mga kamaydi — 6,9 trln so‘mdan 1,8 trln so‘mga.
"O‘ztransgaz” AJ bu yil I chorakda 1,87 trln so‘m foyda ko‘rgan. Kompaniya 2022- yilning dastlabki choragida qariyb 3,3 trln so‘m zarar ko‘rgan edi.
2023-yilning 1-aprel holatiga kompaniyaning sof aktivlari - 5,96 trln. so‘mni tashkil etgan.
Bugungi kunda mavjud magistral gaz quvurlarining eskirganlik darajasi 60% dan ortiqni tashkil qiladi. Bu yil foydalanishga topshiriladigan yangi tarmoq hisobiga ko‘rsatkich yanada kamayadi. Mutaxassislar fikricha, quvurlar uchun aniq foydalanish muddati belgilanmaydi. Quvurlar joylashgan tuproq strukturasidan kelib chiqqan holda (muntazam nazorat qilib borish natijasida aniqlangan) kоrroziyaga uchragan quvurlar almashtirib boriladi.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, "O‘ztransgaz" AJ Ommaviy axborot vositalari, blogerlar va jurnalistlar uchun doimo ochiq, shaffof hamda muloqotga tayyor.