jins

Uztransgaz

15.03.2020

O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha aholini to‘g‘ri, xolis va aniq ma’lumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochildi.

 

Ushbu kanal O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.

 

Barcha OAV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manbaa sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz.

 

‼Eslatma

 

Kasallikdan saqlanish uchun har bir fuqaro quyidagi tavsiyalarga amal qilishi kerak:

 

✅ avvalo chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat boʼyicha toʼliq maʼlumotlardan xabardor boʼling!

✅ zarurat boʼlmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!

✅ qoʼllarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfektsiyalovchi vositalardan foydalaning!

✅ farzandlaringizning qoʼl yuvishini doimiy nazoratga oling!

✅ yuz-koʼzingizni notoza qoʼl bilan ushlamang!

✅ uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiena qoidalariga qatʼiy rioya qiling!

✅ odamlar oldida yoʼtalganingizda yoki aksirganingizda ogʼzingiz va burningizni dastroʼmol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan toʼsing!

✅ shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!

✅ ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurulgan taomlardan isteʼmol qiling, isteʼmol qilinayotgan goʼsht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!

✅ isitma, yoʼtal va nafas qisishi holatlari paydo boʼlganda darhol shifokorga murojaat qiling!

‼Eng asosiysi shaxsiy gigiena qoidalariga qatʼiy rioya qiling!

Agarda sizda COVID-19 koronavirus infektsiyasi va u bilan bogʼliq vaziyat yuzasidan qoʼshimcha savol tugʼilsa, Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Возврат к списку