Rekonstruksiya ishlari amalga oshirilyapti
Uztransgaz
10.07.2023

Samarqand MGQB xizmat ko‘rsatadigan "Shirin" GTS Sirdaryo viloyati aholisi hamda sanoat tarmog‘iga tabiiy gaz yetkazib beruvchi muhim obyekt sanaladi. Ayni kunlarda gaz taqsimlash stansiyasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilyapti. Ayni jarayonning borishi bilan “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari v.v.b. X.Hamidov yaqindan tanishdi. O‘tkazuvchanlik quvvati soatiga 1 mln metr kub bo‘lgan ushbu stansiyada bajarilayotgan ishlar natijasida “Acwa Power Sirdarya” IESga tabiiy gaz uzatuvchi alohida sanoat tarmog‘i qurib bitkazilmoqda. Bu esa muhim strategik ahamiyatga ega obyektning tabiiy gaz ta’minotida uzluksizlikka erishishiga xizmat qiladi.






