Respublika gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturini ijro etish doirasida...
Uztransgaz
08.09.2022

“O‘ztransgaz” AJ “Gazli-Kogon” magistral gaz quvurining IV tarmog‘ining 147-kilometrida ko‘prik qurish ishlarini olib bormoqda. Ko‘prik mazkur gaz quvuri bilan "Muborak-Kogon" magistral gaz quvuri o‘rtasida tiklanadi. Quvur diametri 720x9 mm.ni tashkil etadi. Ayni paytda payvandlash va montaj ishlari davom etmoqda. Bosh pudratchi - NSGD MChJ, subpudratchi esa "SpetsGazElektroPromMontazh" MChJ hisoblanadi.

