Respublikamizda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kunlik" davom etmoqda
Uztransgaz
17.07.2023

2023 yil 10 iyuldan — 10 avgustga qadar yurtimizda davom etayotgan "Dolzarb 30 kun" munosabati bilan "O‘ztransgaz" AJ tarkibidagi korxonalarda profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Zirabuloq MGQB hamda "Shimoliy So‘x" GEOSIda o‘tgan tadbirlarda O‘t o‘chirish guruhi mas’ullari o‘ta muhim va toifalangan obyektlar joylashgan inshootlarda ishchi-xodimlar uchun tushuntirish ishlarini olib borishdi. Yonish-portlash xavfi hamda favqulodda vaziyat yuz berish darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar, shuningdek, odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi zarurligi qayd etildi.



