Respublikamizdagi 13 400 kilometrga yaqin yuqori bosimli magistral gaz quvurlarning muhofaza maydonlarida 3529 ta qurilma bor
Uztransgaz
24.06.2024
Shuning 332 tasi Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatadiganmagistral gaz quvurlari himoya hududida joyalshgan. 252 tasi Samarqand viloyatida, 80 tasi Navoiy viloyati hududida turibdi. Qurilmalarning 57 tasi bo‘yicha sud organlariga daʼvo arizalar kiritilgan. Arizalarning hammasi boshqarma foydasiga qanoatlantirilgan va sudning hal qiluv qarorlari chiqarilgan. 275 ta qurilmaga tegishli barcha hujjatlar sud idoralariga topshirish uchun Samarqand viloyati va tuman prokuraturalariga taqdim etildi.
Magistral gaz quvurlari atrofidagi qurilma egalari, ogoh bo‘ling!
Siz egalik qilayotgan mulk inson hayoti uchun potensial xavf mavjud bo‘lgan hududda turibdi!