Respublikamizdagi yonilg‘i quyish shohobchalari yopilmaydi.
23.03.2020
Aziz vatandoshlar!
Ijtimoiy tarmoqlarda respublikamizdagi yonilg‘i quyish shohobchalari yopilishi va avtotransport vositalariga quyib olish zarurligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqalmoqda.
“O‘ztransgaz” AJ respublikamizdagi avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGQKSh) shartnoma shartlariga asosan tabiiy gaz yetkazib berishni davom ettiradi.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan AGQKShlar tadbirkorlarning mulki hisoblanadi va ularning ish faoliyati tadbirkorlar tomonidan belgilangan ichki qoidalarga asosan tartibga solinadi.
Avval xabar qilganimizdek aholiga va tadbirkorlarga qulayliklarni tashkil etish maqsadida 2020 yil 1 martdan boshlab Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 fevraldagi bayonnomasiga asosan, AGTKShlar uchun tabiiy gaz yetkazib berishda cheklovlar olib tashlandi. https://telegra.ph/%D2%B2urmatli-tadbirkorlar-02-26
Eslatib o‘tamiz, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va
materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln
200 ming so‘mgacha miqdorda jarima
yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
"O‘ztransgaz" AJ matbuot xizmati