“Rishton shahar aylanmasi” magistral gaz quvurining II tarmog‘i qurilishi yakuniy bosqichda
Uztransgaz
16.02.2023
“Rishton shahar aylanmasi” magistral gaz quvuri Farg‘ona viloyati aholisi hamda ulgurji isteʼmolchilariga tabiiy gazni yetkazib beradigan yagona tarmoq hisoblanadi. Diametri 1020 mm bo‘lgan quvur 39 kilometr uzunlikdagi quvur 2010-yilda foydalanishga topshirilgan.
Ushbu magistral gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib borilsa yoki favqulodda holatlar yuz bersa, Farg‘ona viloyati tabiiy gaz taʼminotida muammolar yuzaga kelishi mumkin edi. Ushbu ehtimolga barham berish maqsadida Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ hamda Farg‘ona viloyati hokimligi qo‘shma qarori bilan “Rishton shahar aylanmasi”ning II tarmog‘i qurilmoqda.
Jadallik bilan olib borilgan qurilish ishlari yakunlanish arafasida. Hozirgacha quvurning salkam 38 km qismida payvand ishlari yakunlandi.
Quvur tarmog‘i 87 ta joyda avtomobil yo‘llari, ariq va zovurlar bilan kesishadi. Shu vaqtga qadar 64 ta o‘tish joylarida montaj ishlari bajarildi. Shuningdek, mavjud tarmoqqa ulash uchun ochib-yopish moslamalari (sharavoy kran)ni o‘rnatish ishlari olib borilyapti.
Ishlar poyoniga yetgach, Farg‘ona viloyati isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash kafolatlanishi barobarida yoz mavsumida Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshootiga gaz haydash imkoniyati ham kengayadi.
https://www.youtube.com/watch?v=TGcFTSbWZdU