"Rishton shahar aylanmasi"ning yangi II tarmog‘i mavjud ishchi quvurlar tarmog‘iga ulandi
Uztransgaz
06.04.2023
Farg‘ona MGQB va quruvchi tashkilotlar xodimlari yaqinda yangi qurib bitkazilgan "Rishton shahar aylanmasi" magistral gaz quvurini mavjud ishchi tarmog‘iga ulash ishlarini bajardi. 3 kun davom etgan bu tadbirdan so‘ng diametri 720 mm bo‘lgan yangi quvur foydalanish uchun tayyor holatga keltirildi. Hozirgi kunda magistral gaz quvuri himoya maydoniga oid ayrim muammoli masalalarni hal etish choralari ko‘rilyapti. Shu masalalarga yechim topilgach, tarmoqdan foydalanish boshlanadi.

Bu quvurning (https://t.me/uztg_uz/761) ishga tushirilishi - Farg‘ona viloyati isteʼmolchilarini tabiiy gaz bilan taʼminlash kafolatlanishi bilan birga yoz mavsumida Xo‘jaobod gazni yer ostida saqlash inshootiga gaz haydash imkoniyatini ham kengaytiradi.