jins

Uztransgaz

23.04.2020

 Avval xabar berilganidek, Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab yer usti metro qurilishi vaqtida zarurat tufayli, Rohat mavzesidan Qo‘yliq bozorigacha 1,78 km uzunlikdagi, diametri 720 mm bo‘lgan gaz quvuri demontaj qilindi. Shu sababli sovuq kunlarda shaharning ayrim hududlarida tabiiy gaz taqchilligi kuzatildi.

Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida “O‘ztransgaz” AJ tomonidan gaz quvurini tiklash bo‘yicha tunu-kun qurilish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Qurilishga 40 nafarga yaqin mutaxassis va 28 ta maxsus texnika jalb etildi. “Qo‘yliq” dehqon bozori yaqinidagi halqa yo‘li yoqalab gaz quvurlari yotqizildi. Tegishli texnik sinov ishlaridan so‘ng, 20 dekabr kuni soat 15.30 da ushbu quvur tabiiy gaz tarmog‘iga ulandi.

Bu esa o‘z navbatida shahar aholisining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilashga hissa qo‘shadi.

“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati

Возврат к списку