jins

Uztransgaz

29.08.2023

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytilganidek, boshqarmada magistral gaz quvurlari va inshootlarini kuz-qish mavsumida samarali va ishonchli foydalanishga tayyorlash tadbirlari doirasida belgilangan ishlar tasdiqlangan grafiklar asosida amalga oshirilgan.

Korxonada shuningdek, Prezidentning "2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 5“A” siquv kompressor stansiyasining maʼmuriy binosiga quvvati 15 kW bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 15,7 ming kW·h elektr energiyasi iqtisod qilingan. Bundan tashqari markazlashtirilgan tartibda “O‘ztransgaz” AJ tomonidan olib berilgan umumiy quvvati 350 kW bo‘lgan quyosh fotoelektrik stansiyalarini o‘rnatish ishlari ham amalga oshirilgan. 

25-avgust holatiga umumiy quvvati 245 kW quyosh fotoelektrik stansiyalari obyektlarga o‘rnatib bo‘lingan. 

Возврат к списку