jins

Uztransgaz

21.07.2025

“Transgazinjiniring” va Toshkent MGQB tomonidan ruhiy barqarorlik va jamoaviy muhit mavzuida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlarning ichki kuchini, jamoada tutgan o‘rnini va oilaviy muhitdagi barqarorligini mustahkamlashga qaratildi. Trening davomida stress holatlarini erta aniqlash, ularni yengish va shaxsiy ruhiy salomatlikni saqlashga oid amaliy ko‘nikmalar taqdim etildi.

Interfaol tarzda tashkil etilgan ushbu uchrashuv ishtirokchilarda yuqori faollik uyg‘otib, samimiy muloqot va ijobiy kayfiyat muhitini yaratdi. Seminar ayollar salohiyatini rivojlantirish va mehnat jamoasidagi hamjihatlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Возврат к списку