jins

Uztransgaz

14.02.2024

"O‘ztransgaz" AJ tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni qiynayotgan muammolarga birgalikda yechim izlash, salomatligiga e'tibor qilish jamiyat xotin-qizlar maslahat kengashining asosiy vazifasi. 

Ayni maqsadlarni amalga oshirish uchun joylarda ayollar bilan uchrashuvlar, sayyor qabullar, tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda. 

Salomatlikka e'tiborli bo‘lishga chaqirgan navbatdagi tadbirlar "O‘ztransgaz" AJning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar uchun tashkil etildi. 

Tibbiy ko‘rik davomida ayollar zarur analizlar topshirib, salomatligi xususida muhim ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek xotin-qizlar o‘rtasida ko‘p uchrayotgan kasalliklar profilaktikasini ta'minlash maqsadida tegishli shifokorlar ko‘rigidan o‘tishdi. Tekshiruvlar davomida olingan natijalar asosida foydali maslahatlar berildi. 

Bu kabi salomatlik tadbirlari tizimdagi barcha korxonalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Возврат к списку