Samarqand, Kogon va Farg’ona MGQBlarida navbatdagi sayyor qabullar o‘tkazildi
Uztransgaz
31.01.2022
Samarqand, Kogon va Farg’ona MGQBda Boshqaruv raisining o‘rinbosari T.Ismoilov, departament boshlig'i Sh.Boboyev ishtirokida navbatdagi sayyor qabullar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda magistral gaz quvurlari orqali iste'molchilarga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berishini ta'minlash, gaz ta'minoti bo‘yicha noroziliklar kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko'rish, texnologik yo'qotishlarning oldini olish bo'yicha so'z bordi. Fuqaro va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ijobiy yechim topish, ishchi-xodimlarning oilaviy sharoitlarini o'rgangan holda imkon qadar moddiy va ma’naviy yordam choralarini ko‘rish zarurligi ta'kidlandi.

Uchrashuvlar yakunida mas'ullarga fuqarolarning muammolarini joyiga chiqqan holda o'rganish, sayyor qabullarni o'tkazish yuzasidan o'rganish natijalarini muhokama qilib borish ko'rsatib o'tildi. Sayyor qabul qarorlari ijrosi MGQB boshliqlari zimmasiga yuklatildi. Ijrosi nazoratga olindi.