jins

Uztransgaz

23.08.2022

Samarqand MGQB xizmat ko‘rsatuvchi “Kattaqo‘rg‘on-3”, Toyloq, Urgut gaz taqsimlash stansiyalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida texnologik qurilmalar taftishdan o‘tkazilib, hozirda bo‘yash ishlari olib borilmoqda.

Taftish chog‘ida kuz-qish mavsumida stansiya faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan nosozliklar, ta’mirtalab qismlar aniqlanib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda. 

1980-yilda tashkil etilgan Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasining asosiy vazifasi tabiiy gazni taqsimlash va iste’molchilarga uzluksiz hamda bir maromda yetkazib berishdan iborat. Magistral gaz quvurlari va gaz tarmoqlarining umumiy uzunligi 610,45 kilometrni tashkil etadi. 

Boshqarma 17 ta gaz taqsimlash stansiyasi va 1 ta gaz o‘lchov stansiyasiga xizmat ko‘rsatadi. Shundan 15 tasi Samarqand, 2 tasi Sirdaryo viloyatida joylashgan. Bugungi kunda gaz taqsimlash stansiyalarida 76 ta o‘lchov majmuasi mavjud. 

Samarqand magistral gaz quvurlari boshqarmasida 197 ishchi-xodim mehnat qilib kelmoqda.

Возврат к списку