jins

Uztransgaz

14.04.2025



”O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi hamda “Urganchtransgaz” unitar korxonasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan muloqot o‘tkazildi. 

Uchrashuvda gaz transport tizimida mehnat qilayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash doimiy e‘tiborda ekanligi, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritildi.

Ma‘mun universiteti “Psixologiya va tibbiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi, amaliyotchi psixolog trener M.Mustafayeva tomonidan xotin-qizlar uchun o‘tkazilgan trening soha vakillari uchun taʼsirli  bo‘ldi. 
Xodimalarning yaxshi kayfiyatda bo‘lishi ularning ish faoliyatiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi, shu maʼnoda ham har doim bunga eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi. O‘tkazilgan trening mashg‘ulotlari ishtirokchilarning ruhiy holati muvozanatini ta‘minlashga xizmat qiladi. 

Возврат к списку