jins

Uztransgaz

27.01.2021

G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasida bugungi kunda 600 nafarga yaqin muhandis-texnik va ishchi xodimlar tomonidan umumiy uzunligi 1350 kilometrga yaqin magistral gaz quvurlari, 2 ta kompressor stantsiyasi hamda 70 dan ziyod gaz taqsimlash va gazni o‘lchash stantsiyalariga xizmat ko‘rsatilmoqda.


Mamlakatimiz gaz transporti tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan G‘allaorol MGQB tasarrufidagi ob’ektlarning 2020 yil davomida uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Jumladan, “BGR-TBA-A” magistral gaz quvurining salkam 4 km nuqsonli qismi almashtirildi. Montaj va gidrosinov ishlari bajarilib tarmoq ishga tushirildi.


Elektrokimyoviy himoyalash xizmati tomonidan 2020 yilda magistral gaz quvurlarining himoyalanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Paxtakor-Yangier” hamda “Muborak-Yangier” MG quvurlaridagi katodli himoyalash qurilmalarining tiklanishi natijasida magistral gaz quvurlarning himoyalanganlik darajasi oshishiga erilishildi.


Shuningdek, boshqarma tomonidan 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida 7 ta gaz haydash agregati mukammal, 7 tasi esa o‘rta taьmirdan chiqarildi.


O‘tgan yilda boshqarma hududini o‘rab turuvchi muhofaza devori yangilandi, bino va inshootlar zamon talablariga mos ravishda ta’mirlanib, kompressor stantsiyasi butunlay yangi qiyofa kasb etdi.


Aholiga tabiy gazni etkazib berishni yaxshilash maqsadida Sirdaryo viloyatida yangi va zamonaviy “Uchtom” GTs qurildi. Jizzax viloyatidagi “Yangi hayot” GTsda qo‘shimcha gaz o‘lchash va taqsimlash tarmog‘i qurilib, stantsiya kengaytirildi. Joriy yilda bu kabi tadbirlarni yangi bosqichda davom ettirish ko‘zda tutilgan.


Возврат к списку