Savol: Gaz taqsimlash stansiyasi qanday inshoot, uning vazifalari nimalardan iborat?
Uztransgaz
10.01.2022

Javob: Gaz taqsimlash stansiyalari (GTS) magistral gaz quvurlari tizimidagi muhim bo‘g‘inlardan hisoblanadi. GTSda magistral gaz quvuridan kirib kelgan gaz filtrlar orqali chang va namlikdan tozalanadi, bosimi kerakli meʼyorga rostlanadi va hisobi olinadi. Odorant (kimyoviy moddasi) qo‘shib hidlantiriladi (tabiiy gaz hidsiz va rangsiz bo‘ladi). GTSda shuningdek, favqulodda holatlar sodir bo‘lib gaz bosimi oshib ketishi kuzatilgan taqdirda maxsus klapan avtomatik tarzda ishga tushib ortiqcha bosim chiqarib yuboriladi. Shundan so‘ng aholi punktlariga yoki ulgurji isteʼmolchilarning tarmoqlariga uzatiladi.