SAVOL - Gazni hidlantirish (odorizatsiya) nima uchun kerak?
Uztransgaz
28.02.2022

JAVOB - Gazni hidlantirish (odorizatsiya) - gaz sizib chiqishini o'z vaqtida aniqlash uchun maxsus komponentlar yordamida tabiiy gazga o'ziga xos hid berish jarayoni. Tabiiy gaz rangsiz va hidsiz bo'lgani uchun, uning sizib chiqishini aniqlash imkoni deyarli bo'lmaydi. Tabiiy gazga o'tkir va yoqimsiz ogohlantiruvchi hid qo'shilishi esa uning sizib chiqayotganidan ogoh bo'lishni osonlashtiradi.
Tabiiy gazni hidlantirishda foydalaniladigan etilmerkaptan C2H5SH - eng keng tarqalgan hidli, rangsiz shaffof suyuqlik. Bu kimyoviy modda gaz taqsimlash stansiyalarida har 1000 metr kub tabiiy gazga 16 gr hajmida qo'shiladi.