SAVOL: Magistral gaz quvurlari yemirilishga (korroziyaga) uchramasligi uchun nimalarga e'tibor qaratiladi?
Uztransgaz
07.02.2022
JAVOB: Magistral gaz quvurlari yemirilishdan himoyalangan bo'lishi kerak. Buning oldini olish uchun himoya qoplamalari qo'llanilib, elektrokimyoviy himoyalash amalga oshiriladi. Izolyatsiya qoplamasi bitum yoki polimer asosga tayyorlanadi. Himoya qoplamalari yuqori chidamli bo'lishi uchun izolyatsiya quvur metaliga yopishqoq va nam tortmaydigan bo'lishi zarur. Bu orqali po'lat yemirilishini tezlashtiradigan xloridlar, sulfatlar va boshqa ionlarning kirib kelishi oldi olinadi. Izolyatsiya yuqori mexanik kuch, shuningdek biologik va kimyoviy qarshilikka ega, qishda past, yozda yuqori haroratda himoya xususiyatlarini o'zgartirmaydi. Natijada po'lat quvurlar yemirilishining oldi olinadi.

