Savol: Magistral gaz quvurlarining atrofidagi himoya maydonlari qanday va ular qaysi me'yoriy hujjatga ko'ra belgilangan?
Uztransgaz
17.01.2022

Javob: Magistral gaz quvurlarni ishlatishda normal sharoitni taʼminlash va quvurlarga shikast yetkazmaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 69-moddasida muhofaza hududlari va eng kam xavfsiz masofa belgilab qo‘yilgan. Yaʼni, magistral gaz quvurlarining atrofida himoya maydonlari, shuningdek, quvurlar yotqizilgan hududda aholi punktlari, sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari, imoratlar (turar joy va noturarjoy binolari) qurilishi qoidalariga ko‘ra magistral quvurlarni loyihalashtirishning qurilish normalari va qoidalari bo‘yicha gaz quvuridan bino va inshootgacha bo‘lgan eng kam xavfsiz masofa o‘rnatilgan bo'lib, muhofaza hududi 25 metrdan 50 metrgacha va eng kam xavfsiz masofa esa quvur diametriga qarab 100 metrdan 350 metrgacha tashkil etadi.