jins

Uztransgaz

25.07.2022

Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari O‘. Nuriddinov hamda “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining ishonchli vakili M. Baratov 3 nafar fuqaroning murojaatini tingladi. Murojaatchilar tizim korxonasiga ishga joylashishda amaliy yordam so‘rashdi.

Boshqarmaning mutasaddi xodimlariga mazkur murojaatlarni xolisona o‘rganib natijasi bo‘yicha murojaatchilarga qonunda belgilangan muddatdan kechiktirmasdan yozma javoblar berish kerakligi uqtirildi. Har uchala murojaat tegishli tartibda rasmiylashtirilib ro‘yxatga olindi. Bo‘sh ish o‘rinlari paydo bo‘lgan taqdirda qabul oldi suhbatiga chaqirilishi bildirildi.


Возврат к списку