jins

Uztransgaz

12.04.2022

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari O‘.Nuriddinov shu kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi. Safar davomida  “Urganchtransgaz” unitar korxonasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan Tuley, Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmalarida hamda  Urganch qurilish montaj boshqarmasi va Ishlab chiqarish, texnik butlash va taʼminot boshqarmasidagi ish jarayonlari ko'zdan kechirildi. Faoliyat bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Boshqarmalarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi sayyor qabullar ham o‘tkazildi. Unda 8 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Murojaatlarning aksariyat qismi bo‘yicha tegishli korxonalar rahbarlariga mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganish ishlarini olib borish va natijasi bo‘yicha murojaatchilarga qonunda belgilangan muddatlarda tegishli tartibda javob berish vazifasi yuklandi. 

Возврат к списку