jins

Uztransgaz

22.09.2021

Fargʼona magistral gaz quvurlari boshqarmasida “Oʼztransgaz” АJ Boshqaruv raisining oʼrinbosari B.Mamatkarimov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʼtkazildi. Qabulda boshqarmаdagi 4 nafar xodimning murojaati koʼrib chiqildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli koʼrsatmalar berildi.

Shu kuni boshqaruv raisining oʼrinbosari boshqarma ishchi-xodimlari bilan uchrashib suhbatlashdi. Mehnat jamoasi tomonidan 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo'yicha bajarilgan ishlar hisoboti tahlil qilindi. 

B.Mamatkarimov Xo'jaobod Gazni yer ostida saqlash inshootiga  bordi. Inshootda davom etayotgan ish jarayonini ko'zdan kechirdi. Navbatdagi sayyor qabul ham o'tkazildi. Mavjud muammolar yechimi bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


 

Возврат к списку