jins

Uztransgaz

23.09.2021

Fargʼona MGQBga qarashli  Ho’jaobod va Namangan tarmoq ekspluatatsiya punktlarida (TEP)  “Oʼztransgaz” АJ Boshqaruv raisining oʼrinbosari B.Mamatkarimov ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʼtkazildi. 

Shuningdek, TEPlarning ish faoliyatini bevosita kuzatib,  magistral gaz quvurlaridagi texnologik yo’qotishlar sarfini kamaytirish bo’yicha ko’rilayotgan choralar, 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga mukammal tayyorgarlik  jarayonida bajarilayotgan ishlarning holati bilan tanishdi. 

 “O’ztransgaz” AJ  tizimidagi gaz taqsimlash stansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.  Bajarilishi zarur bo’lgan ishlar yuzasidan tegishli xodimlarga  ko'rsatmalar berdi. 

Возврат к списку