Sayyor qabullarda xotin-qizlar masalalari ko‘rib chiqilmoqda
Uztransgaz
31.05.2024

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatichisi L.Sharipovaning tizim korxonalaridagi xotin-qizlar uchun o‘tkazayotgan qabullari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar Zirabuloq, Kogon va Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida tashkil qilindi.

Bevosita muloqot shaklida qiziqarli va esda qolarli o‘tgan bu suhbatlar xotin-qizlarning murojaatlariga ijobiy yechim topish, oilaviy sharoitlarini o‘rganib chiqqan holda ularga imkon qadar moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatish maqsadiga xizmat qiladi.


