"Shimoliy So‘x" GEOSIda Fuqaro muhofazasi bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Uztransgaz
05.08.2022
Inshootda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakatlanish ko‘nikmalari yuzasidan Farg‘ona viloyati, Rishton tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi tuman o‘t o‘chirish boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus-taktik mashg‘uloti o‘tqazildi.

"Shimoliy So‘x" GEOSI xavflilik darajasi I-toifali obyektlar qatoriga kiradi, o‘quv mashg‘ulotda 10 ga yaqin maxsus texnika, 50 nafar Inshoot fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibi qatnashdi.

Zilzila sodir bo‘lganda fuqarolarni binodan evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam. ko‘rsatish, gaz kompressor stansiyasi moy xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish jarayonlariga doir tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg‘ulot yakunida inshoot xodimlarining favqulodda holatlarga tayyorgarligi baholandi va xar bir xodim favqulodda holatlarda o‘ta hushyor, eʼtiborli va to‘g‘ri harakat qila olishi zarurligi taʼkidlandi.