“Shimoliy Soʼx” GEOSIda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari hamda texnologik jarayonlar bilan tanishish maqsadida “Oʼztransgaz” АJ Boshqaruv raisining birinchi oʼrinbosari M.X.Najmiddinov inshootda boʼldi
Uztransgaz
11.08.2021

Tashrif davomida mukammal taʼmirlangan inshootning markaziy omborini koʼzdan kechirdi, dispetcherlik xizmati, gaz kompressor stantsiyalari faoliyati bilan tanishdi. Sohani yanada rivojlantirish maqsadida yangi ishlab chiqarish jarayonlarini yoʼlga qoʼyish borasida inshoot rahbariyati bilan samimiy suhbatlashdi, muhandis texnik xodimlarga zaruriy tavsiya va koʼrsatmalar berdi.
