“Shirin” gaz taqsimlash stansiyasi imkoniyatlari kengaytrilmoqda
Uztransgaz
09.04.2025

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida qurilayotgan bug‘-gaz elektr stansiyasini gazlashtirish maqsadida “Shirin” GTS kengaytirilmoqda. Inshootda alohida o‘lchov tuguni hamda Issiqlik elektr stansiyasigacha bo‘lgan yuqori bosimli gaz tarmog‘ini qurish loyihasi amalga oshirilyapti. Buning natijasida yangi bug‘-gaz elektr stansiyasi talablariga asosan belgilangan parametrlarda bir maromda va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berishga erishiladi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida qurilayotgan yirik bug‘-gaz elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida respublikamizdagi elektr energiyasi iste'molchilari uchun qo‘shimcha 1573 MVt quvvat yaratiladi.

Hozirgi paytgachda obуektda diametri 720 mm bo‘lgan 2,5 kilometr yangi quvur va 7 ta kollektor montaj qilindi.
