jins

Uztransgaz

18.11.2022

Mazkur magistral gaz quvuri Farg‘ona viloyati isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib beradigan yagona tarmoq edi.  Uzunligi 39 km diametri 1050 mm bo‘lgan magistral tarmoq 2010-yilda qurilgan bo'lib,  gaz quvurida taʼmirlash ishlari yoki favqulodda holatlar yuz bergan taqdirda viloyatni bir maromda tabiiy gaz bilan taʼminlashda muammolar yuzaga kelishi mumkin edi. Shu ehtimollarga barham berish maqsadida uo'nalishga parallel tarmoq qurilmoqda. “Rishton shahar aylanmasi” quvurining II tarmog‘i qurib bitkazilsa Farg‘ona viloyatiga tabiiy gazni bir maromda yetkazib berish kafolatlanadi. Yoz mavsumida “Xo‘jaobod" GYOSIga tabiiy gaz zaxiralarini to‘plash uchun qo‘shimcha imkoniyat paydo bo‘ladi. 

Jamiyat rahbariyati magistral gaz quvuri qurilishi obyekti shtabida bolib, ob'yektda amalga oshirilgan ishlar hamda bajariilishi kerak bo’lgan tadbirlar haqida fikr almashishdi, zarur ko'rsatma va tavsiyalar berildi.


Возврат к списку