jins

Uztransgaz

06.04.2022

Ma’lumki, “O‘ztransgaz” AJ faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biri - yetkazib beruvchilardan qabul qilinib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifatini nazorat qilish hisoblanadi. Zero, past sifatli gaz yetkazib berish texnologik uskunaning to‘xtab qolishi, kompressor stansiyalarida avariyaviy holatlar, quvurda oqmalar paydo bo‘lishi, gaz hajmlarining texnologik yo‘qolishiga olib keladi.

Bugungi kunda “O‘ztransgaz” AJ Markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik  va Metrologiya departamentlari tomonidan tahliliy uskunalar bloklari, jumladan, oqim gaz xromatograflari va analizatorlarini o‘rnatish loyihasi amalga oshirilmoqda. Oqim gaz xromatograflari tabiiy gaz tarkibini, oltingugurt va merkaptan oltingugurt miqdorini doimiy ravishda aniqlash uchun mo'ljallangan. Oqim analizatorlari esa namlik va uglevodorodlar uchun shudring nuqtasi haroratini aniqlaydi. Ushbu parametrlar gazning asosiy sifat ko'rsatkichlaridir. 

Ayni paytda “O‘ztransgaz” AJ Muborak, Gazli MGQBlari va “Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi bo‘linmalar tomonidan analitik uskunalar bloklarini o‘rnatish uchun maxsus maydonchalar tayyorlandi, 4 ta analitik uskuna maxsus joylarga yetkazib berildi. Aprel-may oylarida ularni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 

Возврат к списку