“Sirdaryo-TashGRES” magistral gaz quvurining Qorasuv daryosi bilan kesishgan qismi rekonstruksiya qilinmoqda
Uztransgaz
02.10.2024

Kuz-qishga tayyorgarlik ishlari doirasida amalga oshirilayotgan bu tadbir davomida avval suv ostidan o‘tkazilgan va daryo o‘zani o‘zgarishi tufayli ayrim joylari yuzaga chiqib qolgan yirik diametrdagi po‘lat quvurlar suv ustidan o‘tkazilmoqda. Qurilish-montaj ishlariga 20 nafardan ortiq ishchi-xodim va 5 ta maxsus texnika jalb qilingan.

“Sirdaryo – TashGRES” magistral gaz quvuri strategik ahamiyatga molik obyekt hisoblanib, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi aholi isteʼmolchilarini, Issiqlik elektr stansiyalarini hamda 4 viloyatdagi sanoat korxonalarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

