jins

Uztransgaz

20.09.2024


Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/uztransgazaj_info/7341) Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan “So‘x-Namangan” magistral gaz quvurida olovli ishlar bajarilmoqda. Uning doirasida yangi qurilayotgan “Namangan siti”ga tabiiy gaz yetkazib beruvchi "Yangi O‘zbekiston" gaz taqsimlash stansiyasi magistral gaz quvurga ulanmoqda.

Yangi gaz taqsimlash stansiyasi orqali "Namangan siti"dagi 16 000 ta aholi xonadoniga tabiiy gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi hamda "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 4 100 tadan ortiq aholi xonadonlarining tabiiy gaz ta'minoti yaxshilanadi. Shuningdek, o‘nlab sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati yaratiladi. 



Возврат к списку