So‘z mulkining sultoni — yoshlar nigohida
Uztransgaz
10.02.2026
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab tadbirlar o‘tkazilib, yoshlarning buyuk mutafakkir merosiga bo‘lgan ehtiromi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugungi avlod Navoiy siymosini milliy o‘zlik va ma’naviy komillik timsoli sifatida qabul qilmoqda.
Xususan, Xo‘jaobod GYOSI yoshlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, shoir ijodidan g‘azal va she’rlar ijro etildi. Bu ehtirom yangi Renessans sari intilayotgan avlodning o‘z ildizlariga sodiqligidan dalolat beradi.