jins

Uztransgaz

10.08.2022

Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Angren” gaz taqsimlash stansiyasi Angren shahri aholisi, ulgurji iste’molchilari hamda “Angren erkin iqtisodiy zonasi”dagi 50 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlab keladi. 

2021-yilning qish mavsumida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, yangi ishlab chiqarish kichik korxonalarining ishga tushishi sababli GTSdagi 150 mm.li tarmoqning quvvati soatiga 25 000 kub metr tashkil etsa-da, yetarli bo‘lmay qolgan edi. 

Shu kunlarda boshqarma xodimlari tomonidan ushbu tarmoq 300 mm.li quvurga almashtirilmoqda. Ishlar yakunlangandan so‘ng tarmoq soatiga 100 000 m3 tabiiy gazni o‘tkaza oladi. 

Bu esa, qish mavsumida barcha iste’molchilarga yetarli bosimda va miqdorda tabiiy gaz yetkazib berish imkonini beradi.

Возврат к списку