jins

Uztransgaz

18.02.2022

Tabiiy gaz hajmini oshirish hamda gazni isteʼmolchilariga uzluksiz yetkazib berilishini yanada yaxshilash maqsadida 2022-yil 16-fevral kuni “Solar Turbines” kompaniyasi vakillari Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasida bo‘lishdi. Tashrif davomida gaz transportini yaxshilash, maʼnan eskirgan, energiya sarfi yuqori bo‘lgan va ayni paytda 60 yildan ko‘proq davrda ishlatilib kelinayotgan gaz haydash agregatlarini modernizatsiya qilish, xalqaro standart talablaridan kelib chiqib, tejamkor qayta tiklanadigan energiya manbalaridan keng foydalanish hamda zamonaviy, ko‘p quvvatli gaz haydash agregatlariga almashtirish masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazilib, taklif va mulohazalar bildirildi, kelgusida yangi zamonaviy texnologiya qurilmalarini o‘rnatish va ularning tejamkorligi yuzasidan o‘zaro kelishuvlar amalga oshirildi.


Возврат к списку