jins

Uztransgaz

09.02.2024


Tizim tashkilotlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Unda mamalakatimiz Prezidentining joriy yil 5-yanvardagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi. 

Ta’kidlanganidek, qarorga ko'ra: suv xo'jaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlariga to'lovlar bekor qilinadi; Suv xo'jaligi vazirligining tuman irrigatsiya bo'limlari va maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi; joriy yildan suv tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish loyihalari uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5 yilga, shundan 2 yil imtiyozli davr bilan yillik 14% stavkada kreditlar ajratiladi.

Возврат к списку