Тabiiy gaz sifati HYGROVISION-BL uskunasida aniqlanmoqda
Uztransgaz
25.10.2022
Hozirgi vaqtda gaz sifati nazoratini kuchaytirish davr taqozosi. Bu borada topshiriqlarni bajarish kun tartibidagi muhim masalalar qatorida turibdi. Tabiiy gazdan namuna olish jarayonini hududlarda ishlovchi mutaxassislarga ko‘rgazmali holda tushuntirish esa joylarda bu boradagi ishlarning jonlanishiga hissa qo‘shadi. Yangiyer-Toshkent magistral gaz quvurida joylashgan O‘lchov nazorat punktida o‘tkazilgan tadbir shu yo‘nalishdagi harakatlar namunasi sifatida ahamiyatli.

Tadbirda “O‘ztransgaz” AJ G‘allaorol va Toshkent magistral gaz quvurlari boshqarmalaridagi kimyo laboratoriyalarining masʼul xodimlari ishtirok etdi. Ular gaz sifatini aniqlash maqsadida o‘lchov punktiga maxsus uskunalar va namuna olish konteynerlarii bilan borgan holda, amaliy mashg‘ulot jarayonida tajriba almashishdi.Aytish joizki, tabiiy gazning shudring nuqtasi harorati HYGROVISION-BL nomli uskuna orqali aniqlandi.