Tabiiy gaz uzluksizligiga o‘zimiz mas’ulmiz
21.04.2020
Bugungi murakkab pandemiya sharoitiga qaramay, barcha sanitariya-epidemiyalogiya qoidalariga amal qilgan holda magistral gaz quvurlari tarmog‘ining minglab xodimlari o‘z ish joyida faoliyatini davom ettirmoqdalar. Magistral gaz transport tizimida hamda gaz ta’minoti tizimida mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Barcha harakatlar mamlakatimiz iste’molchilarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlashga qaratilgan.
Mamlakatimizda karantin sharoitida iste’molchilarning tabiiy gazdan qarzdorliklari oshib ketishi oilalar budjeti uchun noqulayliklar tug‘diradi.
Shulardan kelib chiqqan holda, hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari:
foydalanilgan tabiiy gaz uchun yurtimizda amalda bo‘lgan Upay, Click, Paynet, Payme, My Uzcard tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!
Respublikamiz iqtisodiy tarmoqlarining uzluksiz ishlashiga xissangizni qo‘shing. Tabiiy gazdan qarzdorlik hajmi ortib ketishiga yo‘l qo‘ymang!
“O‘ztransgaz” AJ Matbuot xizmati